Izohli lug‘at
xalos
халос
Ma’nolari
- Xalos boʻlmoq Qutulmoq.
- Xalos qilmoq (yoki "etmoq) 1) ozod qilmoq, qutqarmoq.
Misollar
- Isfandiyor bosh vazirdan xalos boʻlish harakatini ilgariroq boshlagan edi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Xalos qilib murodimga yetkazgan, Mehribonim, jonim bolam, xush endi. — "Malikai ayyor".
- Ey xudoyim, zolimlarga xor qilma.. Bandilikdan, rahm qilib, xalos et. — "Tohir va Zuhra". — ; 2) ayirmoq, judo qilmoq.
- -Bizga xunuk xabar keltirgan bu juvonmarglarning xom kallalarini tanalaridan xalos qil! — dedi Mardonbek Shermatga. — S. Azimov — Birinchi fasl.
Kelib chiqishi
arab. – qutulish, ozod boʻlish; iloj, najot
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0