Izohli lug‘at
xatti-harakat
хатти-ҳаракат
Ma’nolari
- [arabcha — harakat chizigʻi, chegarasi]
- Yurish-turish, xulq-atvor.
- Harakat qilish, ish olib borish rejasi, taktika.
Misollar
- Bekning xatti-harakatini koʻrgan boyning figʻoni falakka chiqdi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Kichkina qizchalarning xatti-harakatlari kattalarni eslatardi. — "Yoshlik".
- Yoʻl ustida ham, Toshkent bilan yashirincha soʻz olishib, xatti-harakat chizishib turishdilar. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0