Izohli lug‘at
xavotir
хавотир
Ma’nolari
- arab. – "xotir" soʻzining koʻpl.
- . Biror kimsa, narsa yoki biror ish, hodisa haqida tashvishlanish, hadiksirash.
- Xavotir boʻlmoq (yoki olmoq) xavotirga tushmoq.
- Xavotir qilmoq 1) tashvishlantirmoq.
- Xavotirga solmoq Tashvishlantirmoq.
- Xavotirga tushmoq Biror kimsadan, narsadan tashvishlanmoq, hadiksiramoq.
Misollar
- Kelmaganingizdan xavotirda edim.
- ..bir oyogʻi choʻloq xomsemiz Eminhoji tegirmonchi xavotirda atrofga jalanglab turardi. — T. Ashurov — Marvarid tut.
- Haydar boshini koʻtardi, Kozimga xavotir aralash sinchkov boqdi. — E. Usmonov — Yolqin.
- Ishlaganlarning haqini oʻzimiz toʻlaymiz, xavotir boʻlmanglar. — Mirmuhsin — — Meʼmor.
- Yigitlar undan [Inomjondan] xavotir olib, ancha vaqtgacha uxlamay kutib oʻtirishdi. — S. Ahmad — Moʻtti.
- Jon bolam, - dedi [Xadicha xola] hovlining oʻrtasida turib, — xat yuborgin, bizni xavotir qilma; 2) xavotirga tushmoq.
- Shuncha odam orasida har qaysisi oʻzidan xavotir qilmay, bir-birining sirini ochib tashlayotipti. — A. Qahhor — Ogʻaynilar.
- Uni yana bir narsa xavotirga solib qoʻygan edi. — Oʻ. Umarbekov — Odam boʻlish qiyin.
- Zargarov Ziyodaning hayotini bilgan sari, xavotirga tushar.. edi. — A. Muxtor — Boʻronlarda bordek halovat.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0