Izohli lug‘at
xoli
холи
Ma’nolari
- [a. — boʻsh, quruq; egallan-
- magan] 1 Kimsasiz, boʻsh.
- sft. Chet, xilvat, ovloq.
- Yakkama-yakka, guvohdarsiz.
- Biror narsadan ozod, boʻshagan, unga aloqasiz.
- ..dan xoli emas Chiqish kelishigidagi ot bilan bogʻlanib, shu ot anglatgan narsa, voqea-hodisaning mavjudligi, borligini bildiradi.
Misollar
- Nuriniso esa ichka-ri hovlidagi toʻrt uydan biri — onasining uyiga kirdi. Chunki bu uy xoli edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Yigit oʻylay-oʻylay, Shoqosimning xizmat qiladigan joyi-ni, juvozkashnikini maʼqul koʻrdi. Chunki bu joy Mirzakarimboy uyidan ikki-uch mahalla narida, ham bundan boshqa xoli joyni topiil qiyin. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Dani, oʻtiring, siz bilan xoliroq gaplashaylik-chi boʻlmasa. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- -Siz bilan maslahatlashmoqchi edim, xoli koʻrishganimiz yaxshi boʻldi, — dedi Nina Oynisaga. H. Gʻulom, Toshkentliklar.
- Bu [hijron] Temirjonni xiyla qiynagan, kundalik tashvishlardan xoli boʻlgan paytlarda esa oʻylay-oʻylay oʻyiga yetolmay hasrat chekar edi. — J. Abdullaxonov — Oriyat.
- Odamning oʻz faoliyatini oʻzi tahlil etib turishi foydadan xoli emas. Kechga borib yomgʻir yogʻishi ehtimoldan xoli emas. Mazkur ilmiy ish kamchilikdan xoli emas. Xoli qoldirmoq (yoki qoʻymoq) Suhbat-ga guvoh boʻlmaslik yoki xalaqit bermaslik uchun kimsa(lar)ni yolgʻiz qoldirmoq.
- -Eshon xalfa, endi bizni xoli qoldiring, — dedi hazrat fotiha oʻqilgach. -Xoʻp, taqsir, — dedi-yu, Matqovul xalfa.. chiqib ketdi. — K. Yashin — Hamza.
- Dovogʻi soliq soqchi ham uncha-lik insofsiz emas ekan, ikkovimizni xoli qoldirib, hovliga chiqib ketdi. — X. Toʻxtabo-yev — Shirin qovunlar mamlakati.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0