Izohli lug‘at
xolis
холис
Ma’nolari
- [a. — toza, sof, qorish-
- masiz; samimiy; boʻsh, xoli] 1 Voqelikka haqqoniy nazar bilan qaraydigan, obyektiv baholaydigan.
- Begʻaraz, samimiy; taʼmasiz.
- huq. Qamoqqa olish, tintuv oʻtkazish kabi hollarda hukumat organlari tomoni-dan obyektiv guvoh sifatida chaqirilgan shaxs.
- Biror kimsa yoki narsadan xoli.
- Xolis (xotin-qizlar ismi).
- Niyati xolis Niyati sidqidildan, bega-raz.
Misollar
- Tarjima tanqidchisi xolis boʻlishi, tahlilga oldindan qatʼiy hukmlar bilan "cheklanib" kirishmasligi kerak. — Gʻ. Salomov — Tarjima nazariyasiga kirish.
- Mohlar oyimning Anvar bilan muomalasi xolis va samimiy.. edi. — A. Qodiriy Mehrobdan chayon. -U [ Toʻxtasin Jalilov]
- bilganlarini menga minnatsiz, jon-dili bilan, xolis oʻrgatar edi, — dedi Halima. — H. Nosirova — Men Uzbek qiziman.
- Xolisoʻzi ishtirok etgan tergov hara-katini yuritish bilan bogʻliq holatlar boʻ-yicha guvoh tariqasida soʻroq qilinishi mum-kin. — Gazetadan.
- Dunyo nodonlardan xolis boʻlganda edi, bu olam yana ham munavvarlik kashf etardi. — Gazetadan.
- Buni qarang, niyati xolis bolaman-da, oʻzingizga roʻpara kelib turibman. — S. Ahmad — Ufq. Xolis guvoh 1) ikki tomonga ham be-taraf guvox,; 2) ayn. xolis 3. Xolis xizmat 1) taʼmasiz, halol xizmat.
- Bu joy mehnat-kashlarga xolis xizmat qiladigan.. orom-gohdir. K. Mahmudov, Qiziqarli pazanda-lik; 2) kest. (qoʻshtirnoq ichiga olinadi) gʻarazli niyat bilan qilingan ish.
- Bu tintuv Sayfiyning "xolis xizmati" tufayli boʻl-ganligini u [Avaz] darhol angladi. S. Siyoyev, Avaz.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0