Izohli lug‘at
xor
хор
Ma’nolari
- . Beeʼtibor; kamsitilgan, tahqirlangan.
- . Nochor ahvolga tushgan; gʻoyat qashshoq.
- . Beqadr, qimmati tushgan.
- Xor boʻlmoq Beqadr, behurmat boʻlmoq.
- Xor qilmoq (yoki tutmoq) Beqadr, behurmat qilmoq; ayanchli ahvolga solmoq.
Misollar
- Ochman! Yalangʻochman! Xorman! Siz u deb soʻkasiz, bu deb soʻkasiz, bas-da shuncha xoʻrlanganim! — M. Ismoiliy — Fargʻona t. o.
- Hunar — zar, hunarsiz — xor. — Maqol.
- Hunarli el xor boʻlmas. — Maqol.
- Bozorda mevalar xor.
- [Muqimiy:] Haqiqat istaganlar boʻldilar xor, Kimiki muttahamdur, yurtga sarkor. — S. Abdulla — Ota va oʻgʻil.
- Bu uch bolani Nodira xor qilib qoʻyishni istamasa ham, erining faqirligi bunga mone edi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- [Oʻzbek oyim Zaynabga:] Kelinni xor tutar ekan, demasinlar, sen ham oʻzingni tuzat! — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0