Izohli lug‘at
xotin
хотин
Ma’nolari
- . Jinsiy jihatdan erkak toifasiga zid, farzand koʻrish, emizish qobiliyatiga ega odam; ayol.
- Xotin kishi ayn. xotin.
- . Biror erkak nikohidagi ayol.
- Xotin olmoq Uylanmoq.
- Shuningdek
- Xotin oshi — toʻyda xotinlarni maxsus chaqirib oʻtkaziladigan marosim va unda beriladigan osh.
- Xotin peshin — xotinlarning peshin namozini oʻqiydigan vaqti (kunduz soat 4—5 lar chamasi).
- Xotin taloq —q. taloq I 2.
- Xotin qoʻymoq — xotini bilan ajrashmoq.
Misollar
- Bozorqulning onasi juda chiroyli xotin edi… — A. Muxtor — Chinor.
- -Yoshing yigirma beshga qarab ketyapti, — dedi onasi, — xotin kishi oʻttizga kirsa, oʻtin boʻladi. — Oʻ.Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Er-xotinning urishi — doka roʻmolning qurishi. Maqol. m U \meʼmor] toʻgʻri uyga qaytib keldi-da, bor gapni qizi Badia bilan xoti-ni Maʼsuma bekaga aytib, oʻrniga choʻzildi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Rahmatilla Asta-sekin oʻzini oʻngladi, uy-joy qildi, xotin oldi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0