Izohli lug‘at
xudbin
худбин
Ma’nolari
- Oʻzini yoki oʻz manfaatini hammadan ustun qoʻyuvchi.
Misollar
- Xudbin va dilozor kimsaning axir ogʻzi qon yirtqichdan qanday farqi bor?! — A. Oripov.
- Isfandiyorning injiq va xudbin koʻnglida oʻch olovi yonar, isyonkorlarni birma-bir dorga ostiraman, deb ont ichib qoʻygan edi. — S. Siyoyev — Avaz.
Kelib chiqishi
fors. – manman, egoist; oʻzinigina koʻzlovchi
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0