Izohli lug‘at
yalamoq
яламоқ
Ma’nolari
- Yeyish yoki mazasini totish maqsadida biror narsaga tilini tegizmoq; til vositasida ogʻizga olmoq.
- Bol ushlagan barmogʻini yalaydi. Maqol. n
- Tozalash, hoʻllash va sh.k. maqsadda tilini surtmoq.
- Tegib, urilib taʼsir qilmoq (shamol, sovuq, issiq va shu kabilar haqida).
- Oʻz yoʻnalishida narsaning sirt qis-mini uzib, yulqib ketmoq (shamol, suv va shu kabilar haqida).
- Yogʻ (yoki moy) tushsa (yoki tomsa) yalagun-day q. yogʻ. Ilonning yogʻini yalagan q. yogʻ. Oyogʻini (yoki tovonini) yalamoq Biror shaxsga la-ganbardorlik qilmoq.
Misollar
- Asal yalamoq.
- Tabib kosadan barmogʻiga bir oz ilashtirib yaladi va darrov tuflab tashladi: -Zahar ichibdi! — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Lagan boʻshagach, Ioʻlchi qoʻlini tortdi. Qambar la-ganga barmoqlarini ishqab yaladi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Kamolxonov.. qoshiqdagi yuqni yalab, uzoq tamini oldi — haqiqatan qatiqqa oʻxshaydi. — A. Qahhor — Ikki yorti — bir butun.
- Yangi boʻshangan sovliq qoʻzisi-ni yalardi. — S. Ahmad — Yulduz.
- Nihoyat, gapira-gapira qaqragan lablarini tili bilan yalab, Lutfiniso jim boʻldi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Havo bulut. Izgʻirin bet yalaydi. — Shuxrat — Shi-nelli yillar.
- Yuzni, koʻzni, badanni issiq shamol yalaydi. — Y. Muqimov — Sharofat.
- Poda ketidan yuraverib, oftob yalagan bugʻdoyrang yuzlari bir oz toʻlishganday.. — N. Fozilov — Diydor.
- Poyariqning yoqasidagi kar-talarni sel sal qiyalab yalab ketibdi, xolos. — I. Mirzayev — Toʻyboshilar.
- Shamol qumlarni uchirib, tepaliklarni yalab ketgan.. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Chap tirsagi achishib ogʻri-di: oʻq yalab ketgan boʻlishi mumkin. — H. Gʻulom — Toshkentliklar.
- Oʻzidan kuchli kimsa-ning tovonini yalab, oʻzidan ojiz bechorani xoʻrlash, riyokorlik.. — S. Siyoyev — Avaz.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0