Izohli lug‘at
yangi
янги
Ma’nolari
- Ilgari boʻlmagan, endi yuzaga kelgan (kelayotgan, keladigan).
- Hali tutilmagan yoki juda kam ishlatilgan, asl holatini yoʻqotmagan; eski.
- Ish-faoliyati, hayoti endi boshlangan, boshlanganiga hali koʻp boʻlmagan; yangi qilingan.
- Oʻzaro navbatda avvalgisidan keyingisi; navbatdagisi, endigisi.
- Shu yil, shu mavsumga tegishli; shu yilga oid; dastlabki.
Misollar
- Yangi ariq.
- Yangi texnologiya.
- Yangi devor.
- Yangi zavod.
- Yangi yoʻl.
- Yangi ilmiy yoʻnalish.
- Yangi korxona.
- Yangi uy.
- Yangi shahar.
- Yangi nav.
- Tinchlik-omonlik boʻlsa, bir kun kelib, yangi dangʻillama imoratlar solib ham, hozirgiday, "shunchalik gap ekan-ku", deymiz. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- U doʻstlariga tunov kungi yangi sherini maʼqul qilolganiga quvonardi. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- U Mirmurodovni har koʻrganda: -Yangilik bormi, eshitaylik, - deb soʻraydigan boʻldi. — "Guldasta"
- Yangi kiyim.
- Yangi mashina,
- Dushanba kuni yangi banoras toʻn va yangi yashil baxmal doʻppimni kiyib, idoraga bordim. — "Guldasta"
- Bu ishda u yangi, yo'rdam berish kerak.
- U - yangi hisobchimiz Oqpoʻlat akaning yakka-yu yagona arzanda oʻgʻli. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Sattorqul yangi rais boʻlsa ham, shoshmasdan koʻklamni tizginlab oldi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Nihoyat, otasi oʻz muddaosiga yetdi - qizini yangi kuyovga topshirib tinchlandi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Yangi direktor.
- Yangi lavozim.
- Bilim maskanlarida yangi oʻquv yili boshlandi. — Gazetadan
- Ha, tongni qarshilab olsa-da takror, Yangi deb ataydi har kunni odam. — Abdulla Oripov
- Shoʻrvaga yangi kartoshka solindi.
- Yangi bugʻdoyning noni.
- Yangi hosilni peshma-pesh qabul qilish va undan sifatli tola ajratib olishga ham puxta hozirlik koʻrildi. — Gazetadan
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0