Izohli lug‘at
yangicha
янгича
Ma’nolari
- Ilgarigilarga oʻxsha-magan holda, yangi usulda, yangi tartibda.
- sft. Ilgarigilarga oʻxshamaydigan, yangi urf boʻlgan.
Misollar
- Biz yangicha ishlaymiz, yangicha yashaymiz. n
- Yangi supurgi yangicha supuradi, deb toʻgʻri aytarkanlar. — J. Abdullaxonov — Toʻfon.
- U butunlay yangicha kiyingan: oyogʻida gʻarchli sariq botinka, egnida kulrang kostyum, sochini juda silliqlab, orqasiga taragan edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Yangicha turmush. Yangicha kiyinish. Yangicha munosabat. n
- Abdishu-kurning tili qichib, yangicha toʻy haqida.. mufassal izoh bermoqqa chogʻlangan edi, le-kin soʻzni Hakimboyvachcha ilib ketdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- [Abdusamadqori:] Men bir oz eskicha oʻqiganman, yangichaga hali mashqim rosa boʻlgan emas. A. — Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0