Izohli lug‘at
yangilamoq
янгиламоқ
Ma’nolari
- Aynan bir narsaning eskisini yangisiga almashtirmoq, yangi qilmoq.
- Borini boshqasi bilan almashtirmoq; oʻzgartirmoq.
- Avvalgisi (eskisi) ham turgani holda yangisini olmoq.
- Yarasini (yoki dardini) yangilamoq Tu-
- zalgan, bitgan (yoʻq boʻlgan) gʻam-tashvish, noxushlikni, dardni qayta qoʻzgʻamoq.
Misollar
- Soat prujinasini yangilamoq. n
- Zebi qaynata va qaynanaga vaqtida chilim tutishi, chilimning suvini tez-tez yangilab, sarxonasini tozalashi lozim edi. — Sh. Rashidov — Qudratli toʻlqin.
- Mehrinisa, eri idoraga borib kelaman, deb chiqib ketgach, das-turxonni yigʻib, samovarning kulini qoqdi, suv toʻldirib, olovini yangiladi. — R. Fayziy — Hazrati inson.
- Kafedra mudirini yangilamoq. Ish joyini yangilamoq. yash
- Noshud raisni yangilash zarur boʻlib qolganida, balogardon bizning Abdullajon otaga yopishib oladilar. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Kiyimlarini yangilamoq. yash
- Xullasi kalom, ishlarim chakki emas, doʻppim yarimta. Faqat menda bir armon bor. U ham boʻlsa, xotinni yangilab olsam. — "Mushtum".
- ..uning yarasini yangilab qoʻyishdan qoʻrqib, yarim yoʻlgacha indamay bordi. — K. Yashin — Hamza.
- Notiqlar orasida eski dardimni yangilagan moldovan yozuvchisi Pavil Petrovich Batsu boʻldi. — N. Safarov — Olovli izlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0