Izohli lug‘at
yanglish
янглиш
Ma’nolari
- Haqiqatga yoki biror qoidaga toʻgʻri kelmaydigan holda; notoʻgʻri, xato.
- Xato ish; xatolik.
Misollar
- Yanglish gapirmoq. Yanglish yozmoq. Yanglish hisoblamoq. Yanglish xulosa.
- Odamlar birma-bir patnis oldiga kelib: "Nomingiz, familiyangiz, joyingiz, molingiz" kabi soʻroqlarga, goʻyo yanglish aytib qoʻyishdan qoʻrqqanday, oʻylanib javob qaytara boshladilar. — Parda Tursun — Oʻqituvchi
- Tanqidning chiqqani ham, gazetaning yanglish keltirilgani ham rost. — Xudoyberdi Toʻxtaboyev — Felyetondan soʻng
- Agronomiyadagi yanglish goho doʻl, sel, boʻron, qurgʻoqchilikdan ham katta zarar yetkazishi mumkin xoʻjalikka. — S. Nurov — Narvon
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0