Izohli lug‘at
yaproq
япроқ
Ma’nolari
- Oʻsimliklarning havodan oziqlanish va gaz almashinish uchun xizmat qiluvchi, odatda yupqa varaqcha shaklidagi asosiy vegetativ aʼzolaridan biri; barg.
- Bir boʻlak yupqa narsa haqida.
Misollar
- Yashil yaproqlar. Kuzgi yaproq. Gullar yaproq chiqardi. Daraxt — yaprogʻi bilan koʻrkam, odam — mehnati bilan. — Maqol. n
- Hademay karnaygullar.. iplarga chirmashib, katta-katta yaproqlar otdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Kuzdan darak beruvchi sar-gʻaygan yaproqlar yoʻl ustida, ariq boʻyida yotardi. — J. Sharipov — Saodat.
- Bir yap-roq qazi. yat Holvafurush.. tokchadagi qalin bir kitobni ochib, uning orasidan bir necha yaproq yap-yangi, shaldiroq qogʻoz olib.. uzatdi. — Oybek — Navoiy.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0