Izohli lug‘at
yashirmoq
яширмоқ
Ma’nolari
- Birov bilmaydigan, koʻr-maydigan yoki topa olmaydigan joyga qoʻy-moq, berkitib qoʻymoq.
- Koʻrinmaydigan holatga olmoq; pana qilmoq, berkitmoq.
- Maxfiy saqlamoq, sir tutmoq.
Misollar
- Kalitni yashirmoq. Pulni yashirmoq. m
- Yoʻlchi uchun keltirilgan tugunchak yodiga tushdi. Uni paranjiga oʻrab, taxmonning burchagiga yashirib qoʻygan edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Odamlar molini yashirsa, biz.. mana, koʻrib turibsizlar, bir dona gugurt choʻpini ham ostonadan tash-qariga chiqarmadik. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari. Qushbegi javob berish oʻrniga, maktubni olib, koʻrpacha ostiga yailirdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Birovdan yuzini yashir-moq. Roʻmol uchi bilan ogʻzini yashirmoq. Bir qoʻlini orqasiga yashirmoq. n
- Raʼno oʻziga qarab kelguvchi Anvarga yer ostidan kulum-sirab olgach, bir oz koʻrinib turgan oyoq uchla-rini sariq atlas koʻylagi bilan yashirdi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Yashiray deb koʻz-da yoshini, Quchib oldi qizning boshini. — E. Raxim. Ellikboshi olomonga qayrilib, bir qoʻli bilan shish koʻzlarini yailirgan holda, ikkinchi qoʻlini musht qilib, doʻq urdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Ismini yashirmoq. Maqsadini yashirmoq. Sev-gisini yashirmoq. Gʻazabini yashirmoq. Sirini yashirmoq. yash Ular har ikkovlari ham haya-jonlarini yashira olmay, bir-birlariga ti-kilib qolishdi. — M. Jaloliddinova — Ke-yinroq.
- Jonfigʻon buni [ishlamasligini], albatta, talay vaqtgacha xotinidan yashirib yuribdi. — A. Qahhor — Jonfigʻon.
- Kasaling-ni yashirsang, oʻrtoqjon, isitmasi oshkor qiladi. — N. Safarov — Hayot maktabi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0