Izohli lug‘at
yaxshilik
яхшилик
Ma’nolari
- Yaxshi xislat, xulq-atvor kabilarga egalik.
- Ixtiyoriy ravishda biror kishining manfaatini koʻzlab ish tutish, biror manfaat yetkazish; mehribonlik; xayrli ish, ezgulik.
- Yaxshi ekanlik.
Misollar
- Hikoya alohida shaxslarning yaxshiligi yo yomonligi haqida, yo boʻlmasa, tur-mushdagi biror tasodif ustida yozilmaydi. — A. Qahhor — Sarob
- Toshkentga qaytishda meni ham olib joʻnadilar. Chunki yaxshiligimni, toʻgʻri, halol ishlaganimni bilar edilar. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Yaxshilik qilmoq. Yaxshilikni unutma. Sizga yaxshilik xohlayman. Yaxshilikning kechi yoʻq. — Matal.
- Yomondan yaxshilik kutma. — Maqol.
- Yaxshi odamning yaxshiligi tegar tor yerda, Yomon odamning zarari tegar har yerda. — Maqol. —
- Yaxshi odamlar hamma joyda topiladi. Lekin bu bechoralarning qoʻllaridan birovga yaxshilik qilish kelmaydi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Yoʻq, xuddi shunday! Lekin men xotinim bilan ancha yildan beri turib, undan koʻp yaxshiliklar koʻrganman. Bu yaxshiliklarning har qaysisi koʻnglimdan alohida-alohida joy olgan. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0