Izohli lug‘at
yeb-ichmoq
еб-ичмоқ
Ma’nolari
- Yeyiladigan, ichiladigan narsalardan isteʼmol qilmoq.
- Qattiq dakki (jazo) bermoq, yulib-talamoq.
Misollar
- Hamma yeb-ichish bilan ovora boʻlib, hech kimdan ovoz chiqmay qolgan paytda.. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Qani, taqsir, dasturxonga marhamat qilib, yeb-ichib, gaplashib oʻtiringlar.. — K. Yashin — Hamza.
- Bir odamga ham roʻzgʻor, qozon-tovoq kerak, butlab olsang boʻlar ekan. Hozir yeb-ichadigan payting. — S. Nurov — Narvoy.
- Biz ikkov, agar qoʻyib ber-sanglar, goʻyo bir-birimizni yeb-ichmakchi edik. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Oʻqishga berilib ketib, vaqtning qanday oʻtib ketganini ham bilmay qolibman. Uydagilar hali meni yeb-ichishadi. — F. Nasriddinov — Koʻngil.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0