Izohli lug‘at
yechmoq
ечмоқ
Ma’nolari
- Bogʻichini, bogʻini yozmoq, boʻshatmoq.
- Oʻrimini yozmoq, xomitmoq.
- Kiyilgan kiyimni joyidan, egnidan olmoq.
- Qoʻyilgan, solingan, bogʻlangan nar-sani olmoq, undan xoli qilmoq, boʻshatmoq.
- Matematik misol, masala kabilarni ishlamoq, yechimi (javobi)ni topmoq, belgilamoq.
- Maʼnosini ochib bermoq, yechi-mini belgilamoq; hal qilmoq.
Misollar
- Belbogʻni yechmoq. yat
- Chiy eshikning bogʻichini yechib koʻtarganida, ingrash yana eshitildi. A. — Muxtor — Qoraqalpoq qissasi.
- Havo hali isimagan boʻlsa ham, xomsemiz ho-kim formasining koʻkrak tugmalarini yechib tashlab, yelpinishga tutindi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- U[Kumush) bu kechasi koʻrgan baʼzi tushlarini Ota-bekning bu kun kelishiga yoʻydi-da, erta-labdan turib, sochlarini yechdi. A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Toʻnni yechmoq. Koʻylakni yechmoq. Etikni yechmoq. sht Malla kishi yangi buzi kavushini dahlizda yechib, chap yoqdagi kattakon xonaga kirdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Koʻprik ustida baland poshnali tuflisini yechib olgan bir ayol mashinaga qoʻl koʻtardi. — S. Ahmad — Ufq.
- Nasiba uning noskisini yecha boshladi, — A. Qahhor — Ogʻriq tishlar.
- Uchinchi aravaga ortib olingan bedadan tashlab, egar-jabduqlarini, yuganlarini yechib qoʻyishdi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Saldan keyin eshakday keladigan ikki itini yechib yubordi. — S. Siyoyev — Avaz.
- ..ikki bola: biri qiz, biri yi-gitcha.. masala yechish bilan ovora.. A. — Muxtor — Chinor.
- Shayboniyxon bu tugunni ham sulton va aʼyonlarga yoqadigan bir ustalik bilan yechganidan koʻpchilik mamnun edi. — P.Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Bu muammoni keksa bir jangchi yechib berdi. A. — Qaqhor — Oltin yulduz.
- Ammo qanchalik mushkul ish boʻlmasin, jumboqni yechamiz. — S. Karomatov — Oltin qum.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0