Izohli lug‘at
yelka
елка
Ma’nolari
- Qoʻlning tanaga yaqin qismi.
- Tananing ikki yelka, kurak qismi, kift.
- Kiyimning yelka ustida turadi-gan qismi.
- Zimma, gardan.
- Richagning tayanch nuqgasidan kuch qoʻyilgan nuqgasigacha boʻlgan qismi.
- Yelkasi yerga tegmagan q. tegmoq 1. Yelkaga minib olmoq ayn. boʻyniga minib olmoq. boʻyin 11.
Misollar
- Ahmadjon uni darhol tortib olib qarasa, oʻng qoʻli yelkasidan uzilgan. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Aravakash yelkasini gupchakka tirab itarsa ham, ot toʻrt oyogʻi yerga mixlanganday, qimir etmasdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Har yelkasida menday bolalardan ikkitasi oʻtirsa boʻlar. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Salimboyvachcha oʻz yoniga bir xotinni oʻtqazdi.. U yelkasi keng, koʻkrakdor, loʻppi yuzli edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Koʻylakning yelkasi toʻgʻri kelmadi.
- Terimni mashi-nalar yelkasiga yuklaganmiz. — A. Ahmadjonov — Ish boshi.
- Yelkasini toʻgʻrilab olmoq.
- Yelkamga [xoʻjayinlar\ xoʻpminishdi. Endi bas! Oybek, Tanlangan asarlar.
- Musulmonqul el yelkasiga mindi.. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Yelka(si)ga ortmoq (yoki yuk-lamoq) Ish yoki vazifani biror kimsa yoki narsa zimmasiga oʻtkazmoq.
- Hamma ishni oʻrinbosari yelkasiga yuklabdi. — Yelkamning chuquri koʻrsin Bundan keyin umrbod koʻrmay.
- Zunnunxoʻjaning uyini yelkamning chuquri koʻr-sin. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari. Yelkasini qismoq 1) sovuqdan yoki ruhiy azobdan boshini yelkalari orasiga olmoq.
- Yormat koʻ-chadan keldi, yelkasini qisib, tanchaga oʻtirdi. — Oybek — Tanlangan asarlar; 2) inkor yoki taajjub alomati; "yoʻq", "bilmayman" kabi maʼnolarni ifodalovchi harakat. -Akanguyga ketdimikin ? —
- deb soʻrashdi Davlatyordan. U yelkasini qisdi, chunki bilmas edi. — P. Tur-sun — Oʻqituvchi. Yelkasidan safar oyi koʻrin-moq Juda nochor ahvolga tushmoq, puturdan ketmoq, xarob boʻlmoq.
- E, sen, yelkangdan sa-far oyi koʻrinib qopti-yu, yana menga tik gapirasan-a, gadoyvachcha! — K. Yashin — Hamza.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0