Izohli lug‘at
yengmoq
енгмоқ
Ma’nolari
- Kurash, jang va shu kabilarda gʻolib boʻlmoq, gʻalaba qozonmoq, raqibini magʻ-lubiyatga uchratmoq.
- Qarshilik, qiyinchilik va shu kabilarni bartaraf etmoq, uni yoʻq qilmoq, qi-yinchiliklarni yengmoq.
- Taʼsirini oʻtkazmoq, taʼsir kuchi gʻolib kelmoq (dard, kasal kabilar haqida).
- Oʻziga boʻysundirmoq, hukmiga olmoq.
- Gap bilan ustun kelmoq, oʻz gapini oʻtkazmoq.
- Haydamoq, minmoq (aravani). ..balki u [aravakash]
Misollar
- Makkor devni yengmoq. Musobaqada bizning komandamiz yengdi. sht Yoʻlchi ham, Qora Ahmad ham musht bilan bir-birlarini yenga olmasliklariga ishonch hosil qilishdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Hayot nashidasi shu kurash, xavf-xatar, toʻsiqlarni yengib oʻtish, intilish boruchunham qiziq, lazzatli. — S. Nu-rov — Narvoy.
- Jangchilarimiz bosqinchilarning qattiq qarshiligini yengib, Dneprdan ham kechib oʻtdilar. — Nazarmat — Joʻrlar baland sayraydi.
- Elgeldining koʻzlaridagi gʻazabni baxtsiz bir maʼyuslik yenggan edi. — A. Muxtor — Qoraqalpoq qissasi.
- Gʻam-koyish xiylagina yengib qoʻygan Marasul kirdi. — A. Qahhor — Ogʻ-riq tishlar.
- Juvon toyni bemalol yengib ketayotgan boʻlsa ham, qishloqdan chiqquncha, Asqar ota juda toliqdi.. — A. Qahhor — Xotinlar.
- Toʻgʻri, besh-oʻn kun qattiqchilikni ustimizga olib, shu oz ulov bilan koʻklamni yengib olsak, koʻp odam-larning koʻzi ochilib ketadi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- -Abdishukurni xudo gapga bichgan, yengib boʻlmaydi, — dedi Jamolboy pixillab. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Ota oʻgʻlini gap bilan yengib boʻlmasligini fahmlab, irgʻib turdi. — S. Siyoyev — Avaz.
- oʻz aravasini emas, boy ara-vasini yengib ketayotgandir. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0