Izohli lug‘at
yetakchi
етакчи
Ma’nolari
- . Yoʻl yurish, yoʻnalishda boshqarib, "etaklab" boruvchi, boshqaruvchi.
- . Yoʻlboshchi, rahbar.
- . Asosiy, bosh.
- Yetakchi fel Feʼlning analitik shaklida lugʻaviy maʼnosini saqlagan feʼl. "oʻqibkoʻr", "qiribtashla", "chidabtur", "bora oladi" feʼl shakllarida "oʻqi", "qir", "chida", "bor" feʼllari yetakchi feʼl hisoblanadi.
Misollar
- Har bir poda va galaning yetakchi boshligʻi — serkasi boʻladi. — "Fan va turmush".
- Gala boshidagi yetakchi oʻrdak allaqanday ovoz bilan churillab, oʻz yetagidagilarni ogohlantirib boradi. — R. Bekniyoz — Havo yoʻli.
- Uzoqlarda turnalarning qurqurashi eshitilardi, turnalar boshida yetakchisi uchib borardi. — T. Obidov — Yusufjon qiziq.
- [Gʻafur aka:] Koʻpchilikka yetakchi, katta-kichikka baravar, qandini yesin! — N. Maqsudiy — Umidli bola.
- ..Nazira Yoʻldosheva yirik xoʻjalikning jonkuyar yetakchisi. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari".
- Sanoatning yetakchi tarmoqlari. Teatrning yetakchi artisti.
- Bularni yozib olish, qiyosiy oʻrganish.. folklorshunoslikning yetakchi vazifalaridan hisoblanadi. — Gazetadan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0