Izohli lug‘at
yiqitmoq
йиқитмоқ
Ma’nolari
- Kuch bilan qulatmoq, agʻdarmoq; agʻnatmoq, buzmoq.
- Balandlikdan pastlikka tushirib yubormoq; qulatmoq.
- Kurashda gʻolib chiqmoq, ustun kelmoq; kuch bilan yerga yotqizmoq.
- Kuch, zoʻr bilan hokimiyatdan mahrum qilmoq, chetlashtirmoq; yoʻq qilmoq.
- Imtihon, sinovda yomon baho qoʻymoq; imtihondan oʻtkazmay qoʻymoq.
- yiqiq Yiqilgan, buzilgan, vayron. Maston xola bilan Tursunoy yiqiq devorlardan oʻtib, hovliga qadam bosganla-rida, qarshidagi ayvonda.. shayxning katta gavdasi koʻrindi. Uygʻun, Tursunoy.
- yiqmoq Yiqitmoq, qulat-moq. Bilagi zoʻr birni yiqar, bilimi zoʻr ming-ni yiqar. Maqol. yash Oʻroq oʻtkir edi. Oʻralib-chaplashib oʻsgan qalinmaysani [ Yoʻlchi] "shar-shar" yiqib borar ekan, oʻzi ham zavqlandi. Oybek, Tanlangan asarlar. Eskini yiqamiz, yangini quramiz. Uygʻun, Navbahor.
Misollar
- Shamol daraxt-larni yiqitdi. Devorni yiqitmoq. sht Chaka-lakzordan katta-kichik daraxtlarni yiqi-tib, majaqlab chiqqan tank.. Ahmadjon.. tomen kela boshadi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Tomdan yiqitib yubor-moq.
- -Yiqitgan polvon yiqilganni koʻtarib qoʻyadi, — dedi Oʻrmon-jon Qurbon otaga koʻz qisib. A. — Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Rahmatxonning ovozi yigʻin tepasida yangrab ketdi: -Xalq podshoni yiqitdi. Pekin xalq-ning ahvoli oʻzgarmadi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Ikki marta darsga qatnasha olmagani uchun fransuz tili oʻqituvchisi uni imtihonda yiqit-moqchi boʻldi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0