Izohli lug‘at
yirik
йирик
Ma’nolari
- Hajmi, oʻlchamlari, qiyma-ti jihatidan nisbatan katta; zid. mayda.
- Katta kuch-qudrat va imkoniyatlarga ega boʻlgan, koʻlami keng; katta.
- Eʼtibori, ahamiyat darajasi yuqori, ortiq boʻlgan; katta.
- Oʻz ishi, faoliyati yoki taʼsiri bilan koʻzga koʻringan, shuhrat-obroʻ qozongan; atoqti; nufuzli.
- Ish(lar) yirik Ish yurishgan, har ji-hatdan muvafaqqiyatga erishilayotgan holat-ni bildiradi.
Misollar
- Yirik marvarid. Yirik guruch. Yirik tom-chi. Yirik olma. Yirik pul. m
- Ahmad tan-bal qahr bilan oʻrnidan turdi va yirik tish-larini irjaytirib qoʻshib qoʻydi. — P. Qodi-rov — Yulduzli tunlar.
- Daraxtlar pakana, mevasimoʻl va yirik. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Oqshom tushib, tashqari qorongʻilashib qolgan, gupillatib yirik-yirik qor yogʻar edi. G azetadan
- Yirik korxona. Yirik xoʻjalik. n
- "Zomin" gʻallachilik xoʻjaligi hududida yirik suv ombori qurish-ga kirishildi. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari".
- Bu-gungi Tashkent — yirik sanoat, fan va ma-daniyat markazlaridan biri. — "Saodat".
- Yirik anjuman. shsh Mamlakatimiz hayotidagi biron-bir yirik voqea yoʻqki, unda xalqlar doʻstligi, biro-darligi namoyon boʻlmagan boʻlsin. — R. Fayziy — Taʼzim.
- Bobolarimizning tabiiy fanlarni taraqqiy ettirish borasidagi muvaffa-qiyatlarining siri esa fanda yirik kash-fiyotlar yaratishdek mushkul va mashaqqat-li ish boʻlib qoldi biz uchun. S. — Karomatov — Oltin qum.
- Yirik mutaxassis. Yirik odam. Yirik adib. n
- Sobirni bunga dadasi — yirik matematik Sultonov undagan edi. — O. Moʻminov — Xiyobondagi uch uchrashuv.
- Xadicha Sulaymonova ajoyib inson, yirik jamoat arbobi, yaxshi ona edi. — "Saodat".
- -Hozir uning \ Omonning] ishi yirik. Abdulla qoraqoshga shogird tushgan, uyiga suv tashib, ot boqib yuribdi, — dedi Turobbiy Shum bolaga. — Gʻ. Gʻulom — Shum bola.
- ..anov xurjunda goʻsht, moy bor, guruch bor. Kechqurun palovni doʻndirasiz. Ertaga qoʻy soʻyamiz. Ishlar yirik. — Oybek — O. v. shabadalar. Yirik pul Katta summadagi pul.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0