Izohli lug‘at
yomon
ёмон
Ma’nolari
- Sifatsiz, sifati past.
- Biror ishni eplay olmaydigan, uquv-siz, tajribasiz.
- Axloqsiz, feʼl-atvori yaramas; buzuq niyatli.
- Ogʻir, xatarli.
- Ayb, gunoh.
- Notinch, behalovat.
- Noxush, yoqimsiz; sovuq.
- Xavfli, xatarli; falokat keltiruv-chi.
- F. Musajonov, Himmat.
- Salbiy, yoqimsiz, bexosiyat; xunuk.
- Nosogʻlom, kasal; lanj.
- Ayyor, makkor, quv; ishbilarmon, epchil.
- Oʻquv-oʻqituv ishlarida eng past baho.
- Qatgiq, kuchli; juda, nihoyatda.
- Yomon ran 1) odob doirasiga sigʻmaydi-gan ibora; soʻkish. |
Misollar
- Yomon chit. m
- Bilaman, tillarning yomoni yoʻq-dir, Har tilning oʻz koʻrki, ulugʻligi bor. — Shuhrat.
- Yomon suvoqchi. Yomon xodim. Yomon tashkilotchi.
- Yomon kishi ekaneiz-ku! — S. Ahmad — Ufq.
- Barno unchalik yomon, unchalik behayo qiz emas. — O. Yoqubov — Er boshiga ish tushsa.
- Shuni unut-maslik kerakki, urush tufayli odamlar oʻzbo-shimcha boʻlib ketishdi, elda yomonlar koʻpayib qoldi. — K. Yashin — Hamza.
- Nachora, yomonlarning qoʻlidan har ish keladi, balo bas kelsin ular-ga. E. — Aʼzamov — Javob.
- [Homidning] Yarasi yomon, hushsiz holda hiqillab yotibdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Hoy, doʻstim, birovning doʻppisini birovga uddalab kiygazish yomonmi ? — Shukurullo — Saylanma.
- Voy oʻlmasam, Zubay-daxon, tasaddugʻingiz ketay, nega tik tu-ribsiz? Ostonada-ya! Ostonada turish yomon boʻladi, qizim, joyingizni bilib oʻtiring \dedi Hamza]. — K. Yashin — Hamza.
- Bugun Ahmad juda yomon uxladi. — F. Musajonov — Himmat.
- Yomon xabar-ning qanoti yengil boʻladi. — J. Abdullaxonov — Oriyat.
- Biror yomon xabar boʻlsa, bizga ham aytishardi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Doktorning kayfiyati yomon shekilli, salomimga yarasha alik oldi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Abdishukur sekingina mingʻirladi: -Gap ittifoqda, bahamjihat boʻlishda, ukam! Oraga fitna solish yomon narsa. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Kalladan qora xayollarni quvish kerak, tushkunlik eng yomon dushman.
- Koʻk qurt! Yomon ofat. Gʻoʻzaning zayeoli. — R. Azizxoʻjayev — Yashil chayla.
- Kuchli shovqin ishlovchilarning mehnat unumdorligini pasaytirdi, asabga yomon taʼsir koʻrsatdi. — "Fan va turmush".
- Be-goyimning qotma yuzi tirishdi. Yomon narsani koʻrgan kishiday jirkanib: -Quvib chiqaring juvon oʻlgurni! — dedi. — M. Ismoi-liy — Fargʻona t. o.
- \Meʼmor\ Bir chekkada gʻarib boʻlib oʻtirgan Gʻavvosga ham yaxshi gapirdi, oʻzingizni yomon sezmayapsizmi, debsoʻradi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Hechqayerim jiddiy lat yemagan boʻlsa ham, oʻzimni yomon his qildim. — O. Moʻminov — Xiyobondagi uch uch-rashuv.
- Xoʻjayin yomon boʻlib yotibdi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- -Ha, eshon nega ketdi ekan? — Tirik-chilikda-da. -Ha, murid oviga chiqib ketgan ekan-da. Eski hunar! — Qori piqillab kul-di-da, hazilomuz: -Yomonsan-a, yomonsan! — deb qoʻydi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- On a yomon, bir narsaga kirishsa — qoʻymaydi. U. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Mayli, uch qoʻysa ham, yomon qoʻysa ham, mayli! Mana shu bir ogʻiz soʻzi uchun Gavhar undan hech qachon xafa boʻlmaydi!Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Bir kupi darsdan yomon baho olib, kechgacha shu yerda xayolga choʻmiboʻtirganim esim-da. — "Guldasta".
- Maktabda yomon baho olsam yo ikki kun darsga bormasam, butun sinf oyoqqa turardi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Yana bir bekat yurib toʻxtagach, haydovchi xotin uning tepasiga keldi: -Yomon urishdimi ? Oʻldi-rishdan ham toymaydi bu bezorilar. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Inoyat oqsoqol uni koʻpchilik oʻrtasida yomon haqorat qilgan edi. — S. Ahmad — Ufq.
- Gulsumbibi:] Bu yomon gap-ni qayerdan oʻrganding — ? Oybek — Tanlangan asarlar; 2) sovuq, noxush xabar.
- Yomon gap tez tarqaladi. — Yomon kun Kishi hayotidagi ogʻir damlar.
- Chekkan butun azoblarim, yomon kunlarim mana shu olmazor tagida, bijil-doq qushlarning bozorida erib yoʻq boʻlib ke-tayotgandek edi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik. Yomon koʻz q. koʻz.
- Yana aytaman, faqat ehtiyot boʻl, yomon koʻzdan oʻzi asrasin. — T. Ashurov — Oq ot. -Xayr, xudo singlimni [ Kumushni]
- yomon koʻzdan asrasin! — deb [xotin] fotiha oʻqidi. — A. Qodiriy — Utgan kunlar. Yomon [koʻz bilan] qara-moq Buzuq niyat bilan tikilmoq.
- Men Homid-ning qaynim Sayfiga yomon koʻz bilan qarab yurganini sal-pal sezib yurar edi. — A. Qodiriy — Utgan kunlar.
- Oʻrik olayotganimda, menga shu-naqayam yomon qaradiki, qoʻrqib ketdim. — S. Ahmad — Ufq. Yomon koʻrmoq Yoqtirmaslik, xush koʻrmaslik; sevmaslik.
- Ahmadning eng yomon koʻrgani shunaqa tund boʻlib, gaplashmay yurish edi. — F. Musajonov — Himmat.
- Manzura opa Yuvosh ikkalamizni yomon koʻrib qolganlar [dedi Said\. — E. Raimov — Ajab qishloq. Eng yomoni Hammadan xavflisi, yoqimsizi; yomon-larning yomoni.
- Eng yomoni xona gʻoyatda so-vuqedi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Ahmadgaoʻxsha-gan sof vijdonli odam uchun eng yomoni —oʻzini bekorchi, tekinxoʻr sezish. — F. Musajonov — Himmat.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0