Izohli lug‘at
yopmoq
ёпмоқ
Ma’nolari
- Eshik, deraza va shu kabilarni bekitmoq.
- Ustiga tashlamoq, ustini bekitmoq.
- Qopqoq bilan bekitmoq, qopqokdamoq.
- Ish-harakatini, faoliyatini toʻxtat-moq.
- Ochiq, yoziq narsani yigʻmoq, bekit-moq.
- Qurmoq, bino qilmoq.
- Qoplamoq, egallamoq.
- Yashirmoq, maxfiy tutmoq.
- Esing borida etagingni yop Vaqt-gʻanimat-ni qoʻldan berma, xatoning oʻz vaqtida ol-dini ol.
Misollar
- Kiradigan eshigingni qattiq yopma. — Maqol. ■■
- Mirhomidxoʻja ogʻilning eshigini sekin yopdi-da, imo bilan Qambaralini bir chekkaga chaqirdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Polvon Ostonaga borganda: -Qolgani-ni uyda olasan, — dedi-yu, eshikni qarsilla-tib yopib chiqib ketdi. — S. Siyoyev — Otliq ayol.
- Choʻli bobo uyiga kirib, bir yangi pochapoʻstin olib chiqib, Meʼmorning yelkasiga yopdi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Yoʻlchi quruq namatga yotib, ustiga koʻrpacha yopdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Choynakning qopqogʻini yopmoq shi Ahmad uyiga kirib borganida, Munira qish gʻamini yeb, achchiq-chuchukdan shisha bankalarga konserva yopayotgan ekan. — F. Musajonov — Himmat.
- Doʻkonni yopmoq. Majlisni yopmoq. n
- Xivadek kichik bir qalʼada oltmishdan or-tiq qorixona na kerak?Ularning bir qismi-ni yopmoq lozim. — S. Siyoyev — Avaz.
- Abdusamad-qori samovarini yopib, menga javob berdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Daftarni yopmoq. m
- Ahmad varaqning uchini buklab, jurnalni yopdi. — F. Musajonov — Himmat.
- Rano kitobni sekingina yopib, An-varga uzatdi.. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Saodatxon endigina yopgan zontini qayta ochdi. — S. Zunnunova — Yangi direktor.
- Shuning uchun [Xudoyorxon] mehnatkashni rahmsiz ishlatib, saroy va rastalar, qalandarxona va oʻrdalar yopmoqda edi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Shahodat muf-ti qariyb butun koʻkragini yopgan bahaybat mosh-guruch soqolini qalam bilan taradi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- -Mabodo oblast gazetasiga ham kelib qolgudek boʻlsa, bu yogʻini yopamiz-qoʻyamiz-da, — dedi Halim. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
- Shu yoʻl bilan siringni yopmoqchi boʻldingmi ? [dedi Urmonjon]. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- -Esing borida etagingni yop. Menga yigit boʻl! — dedi Xolxoʻja Boʻtaga. — S. Ahmad — Hukm.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0