Izohli lug‘at
yoqa
ёқа
Ma’nolari
- I 1 Sohil, qirgʻoq; boʻy, lab.
- Chet, chekka, yon.
- Jar (yoki choh) yoqasida q. jar I. Oʻlim yoqasida Biror xavfli, halokatli voqea-hodisaning boshlanishiga, sodir boʻlishi-ga yaqin qolgan paytda, holatda.
Misollar
- Ariq yoqasi. m
- Elgeldi qamishzorni oralab, koʻl yoqasiga chiqdi. — A. Muxtor — Qoraqalpoq qis-sasi.
- Kanalning ikki yoqasi boʻylab qurilgan ikki qavatli binolar shu qadar koʻrkam, shu qadar chiroyliki.. — N. Safarov — Saodatning qissasi.
- Koʻcha yoqasi. m
- Yoʻlning ikki yoqasida teraklar shovullaydi, bulbul-lar sayraydi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Shu kupi u bir tepalik yoqasiga borib yetgandagina, sha-mol bir oz pasaydi. — Gʻ. Rasul — Adolat.
- Sodiq ham oʻlim yoqasida. Endi siz bilan ikkimizgina qoldik\ A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Oʻlim yoqasida jon olib, jon bergan yigit bu kun-larni ozmuncha oʻylaganmidi? — S. Ahmad — Ufq.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0