Izohli lug‘at
yordam
ёрдам
Ma’nolari
- Biror ishni bajarishda koʻ-maklashish, qarashish; koʻmak, madad.
- Maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, maʼnaviy koʻmak.
- Moddiy koʻmak; pul, mablagʻ.
- Foydali taʼsir, naf.
- Yordam bermoq (yoki qilmoq) Yordamlash-moq, koʻmaklashmoq. Safarov tez-tez luqma tashlab, misol qistirib, unga [Boʻtaboyga]
Misollar
- -Otam yordamga yugurgan edi, qolgan ikkitasi otam-ga yopishdi, — dedi Hoji xola. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Ertasiga.. qoʻshni brigada-dan ketmonchilar ham yordamga kelishdi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Abdishukur.. amakisining yordami bilan nihoyat bir boyga mirza boʻldi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ochilning uydan oladigan yordami katta emas edi. — P. Qodirov — Uch ildiz.
- Bemorga bu dori ham yordam bermadi.
- yordam berdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Yangi maktablarda oʻqiladigan ilmlar shariatga xilof kelmas, ulamolar fatvo be-rishsa, har bir ota oʻz bolasi uchun qoʻlidan kelgancha yordam qiladi, albatta. — Oybek — Tanlangan asarlar. Tez yordam 1) kasal boʻlgan-da beriladigan birinchi muolaja; yordam koʻrsatuvchi tibbiy xodimlar; 2) tibbiy transport vositasi.
- Anovi odam bexosdan hushidan ketdi. "Tez yordam" chaqirgandik, anchadan beri kelmayapti. — "Mushtum".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0