Izohli lug‘at
yostiq
ёстиқ
Ma’nolari
- Bosh ostiga qoʻyib yotish, yon-boshlash, suyalish uchun ishlatiladigan yum-shoq buyum; bolish.
- -Oʻzbek tilining izohli lugʻati
- maxe. Binokorlikda: xari, toʻsin yoki sarrov ostiga qoʻyiladigan gʻoʻlacha, yogʻoch.
- Bir yostiqqa bosh qoʻymoq Biror kishi bilan turmush qurmoq; er-xotin boʻlmoq.
Misollar
- Par yostiq. Duxoba yostiq. n
- Adolat boshini koʻtaraman dedi-yu, koʻkra-gini gʻijimshb, boshini qayta yostiqqa qoʻydi. — S. Zunnunova — Gulxan. Chol indamadi. U yos-tiqqa suyanganicha, ancha vaqt sukutga ketdi. H. Gʻulom, Mashʼal.
- Ikki jins bir yostiqqa bosh qoʻyish bilan.. oʻtmish va kelajak naslni bir-biriga bogʻ-laydigan halqa vujudga keltiradi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari. Boshi yostiqqa tegmoq Kasal boʻlib yotib qolmoq.
- Osonmi, kishi nima boʻlishini bilmaydi, boshi yostiqqa tegishi bor. — A. Qahhor — Toʻyda aza. Boshingga yostiq qilasanmi? Boʻyi yetib, vaqtida uza-tilmayotgan qiz haqida aytiladigan ibora.
- Qiz yetilgach, uni egasiga topshirish kerak! Boshingga yostiq qilasanmi uni? — I. Rahim — Chin muhabbat. Yostigʻini quritmoq Oʻldirmoq, yoʻq qilmoq. Andijon zilzilasi ming-ming-lab odamlarning yostigʻini quritdi, tomini qulatdi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o. Ablah fashistlar ne-ne yigitlarning yostigʻini quritmadi. N. Safarov, Olovli izlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0