Izohli lug‘at
yov
ёв
Ma’nolari
- . Urush, jang holatidagi qarshi tomon, dushman, gʻanim.
- . Qarama-qarshi maqsaddagi kishi; dushman, raqib.
- Yov yeydimi Nimadan qoʻrqasan, qoʻrqma.
- Yov chopdi Dushman bostirib kirib, qirgʻin qildi.
- Yov qarash Jahl bilan, gʻazab bilan qarash.
- Yov quvganday Juda tez, chopib, yugurib.
- Tilsiz yov Oʻt, suv (xalq tilida).
Misollar
- Yov qochsa, botir koʻpayar. — Maqol.
- Yovni ayagan yara yer, kaltagini sara yer. — Maqol.
- Bir soat chamasi otishgandan soʻng, yov bizning oʻqimizga chidolmay, ikki darvoza orasida uch-toʻrt yuz oʻlik qoldirib, qochishga majbur boʻldi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Yomon yoʻldosh yov boʻladi, oxir ishi dov boʻladi. — Maqol.
- Qimor qizib, har kimsa bir-biriga yov. — Gʻayratiy.
- Boboqulning yettinchi otasi, qishloqqa yov chopganda, Oqsoy koʻprigining ostiga bekinib, jonini asrab qolgan ekan. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Eshon Dadashevga yov qarash qilib, eshikni taraqlatib chiqib ketdi. — I. Rahim — Taqdir.
- [Toʻgʻonbek] Xuddi yov quvganday, qattiq yurdi. — Oybek — Navoiy.
- Odamlar, yov quvganday, har tarafga tarqalishdi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Tilsiz yov bizning mehnatlarni zoye ketkazmoqchi. — U. Ismoilov — Saylanma.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0