Izohli lug‘at
yovvoyi
ёввойи
Ma’nolari
- Xonakilashmagan, tabiat qu-chogʻida erkin hayot kechiruvchi (hayvon, par-randalar haqida).
- Madaniylashtirilmagan, oʻz holicha, tabiiy holatda oʻsadigan; zararli, ziyon keltiruvchi.
- Oʻzlashtirilmagan, ishlanmagan (yer-joy haqida).
- Qoʻrqinchli, vahimali, dahshatli.
- Madaniyatning ibtidoiy bosqichiga xos; qoloq.
- Odamga aralashmaydigan; bego-na, odamovi, yot.
- Yovvoyi qarash qilmoq Jahl bilan qara-moq.
Misollar
- Yovvoyimushuk. Yovvoyi kap-tar. Yovvoyi echki.
- Yovvoyi olma. n
- Xilma-xil yovvoyi gullar tevaragida rang-barang kapa-laklar bazm quradi, asalarilar gʻuvillaydi. — J. Abdullaxonov — Oriyat.
- Sidiqjon kat-takon yovvoyi jiyda tagida toʻxtab, Sharo-fatni kutdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Darhaqiqat, salgina xotirjam boʻldingmi, yovvoyi oʻtlar oʻsib ketadi-yu, gʻoʻza-larni siqib tashlaydi. — Sh. Rashidov — Boʻron-dan kuchli.
- Ilgari bu yerlar ham jarlik-lar, yovvoyi sayhonliklardan iborat edi. — Gazetadan.
- Yovvoyi choʻl buyuk kenglikda Menga borin ochib tashladi. — Sh. Rahmon — Yurak qir-ralari.
- Yovvoyi ovoz. m
- Boʻron yovvoyi bir kuch bilan oʻkirardi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Sharif tar-raning yovvoyi chinqirigʻini eshitgandek boʻldi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Sahroda arablarning badaviy de-gan yovvoyi toifasi bor ekan. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Odamlardan qochaman, Yovvoyi bir holim bor! — Mirtemir.
- Toʻraning nihoyatda kayfi qochdi, jahl otiga minib, oqsoqol bilan imomni yeb qoʻygu-dek, yovvoyi qarash qildi. — J. Sharipov — Xo-razm.
- Umayder] Umidaga olayib, yovvoyi qarash qiladi-da, teskari oʻgirilib oladi, termometrii barmoq orasida sindirib, qoʻliga be-radi. — A. Muxtor — Chinor.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0