Izohli lug‘at
yozgi
ёзги
Ma’nolari
- Yozga oid, yozda boʻladigan; yozda-gi.
- Yoz uchun moʻljallangan, yozga mos; yoz-lik.
Misollar
- Yozgi yomgʻir. Yozgi tun. Yozgi issiq. Yozgi mehnat — qishki rohat. — Maqol. n
- Bahor kez-larida maysalarga yastanib, daraxt tag-larida birga dare tayyorlaganimiz, yozgi ka-nikulda togʻlarga sayohat qilganimiz mening esimdan chiqmaydi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Yozgi kinoteatr, n
- Qurbon ota yelib-yugurib, sal kunda qishki va yozgi choyxonaning kam-koʻstini toʻgʻrilab oldi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0