Izohli lug‘at
yozilmoq
ёзилмоқ
Ma’nolari
- I 1 Yozmoq I 1, 2, 3 fl. oʻzl. va majh. n.
- Xursand boʻlmoq, kayfiyati koʻtarilmoq; charchoqni tarqatmoq, tashvishni yoʻqotmoq, yayramoq.
- Bemalol oʻtirmoq, oʻzini erkin tut-moq. [
- Taqorat olmoq, boʻshalmoq.
- Koʻngli (yoki yuragi) yozilmoq Kayfiyati yaxshi boʻlmoq.
Misollar
- Dasturxon yozilib, tushlik choy keldi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Oyogʻing.. yoʻlga tushsak, yozilib ketadi. — A. Qahhor — Xotin-lar.
- Gulsapsar, jambillaring yozilgan qat-qat. — Gʻayratiy.
- Kun botish tomondan osmon-ga pushti qizil shuʼla yozilgan edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Onaning gina-kudurati saraton yom-gʻiridek tez oʻtib boʻlgan edi. U yozilib, qizi bilan ovqatlandi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Ashur Mirzo qizining otini eshitish bilan yozilibketdi. — M. Ismoiliy — Fargonat. o.
- Endi bir shaharga tushib, uch-toʻrt kun yozilib kel-sam.. juda-juda siqilib ketdim. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Mehri:] Dissertatsiya ham bor boʻlsin. Kelganiga yarim oydan oshdi-yu, yozilibgina bir dam olmabdi! — O. Yoqubov — Pyesalar.
- Bemalolroq yozilib oʻtiring! Zap koʻchib kel-dingiz-da! Sizni zeriktirmaymiz. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Otamurod yozilib kelib, bir haftadan beri birinchi marta paqirdagi quduq suvidan soqol bosib ketgan yuzini pishib-pishib yuvib, bir maza qildi. — M. Mansurov — Yombi.
- -Ikki ogʻiz gaplashsa, aqalli oʻzini koʻrsa ham, koʻngli yoziladi-ku, — dedi Sherbek. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Yuraging yozil-sin, deb tomoshaga olib kelyapman [dedi Ota-mirza]. — X. Toʻxtaboyev — Felyetondan keyin.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0