Izohli lug‘at
yulmoq
юлмоқ
Ma’nolari
- Siltov bilan tortib uzib yoki sugʻurib olmoq.
- Tirnab jarohatlamoq, timdalamoq.
- Biror shaxs yoki xalq mulkidan oʻmarmoq, yulqib olmoq.
- Ajratib olmoq.
- Biror narsa hisobidan chegirib qolmoq; tejamoq.
- Gapini ogʻzidan yulmoq Kimsani gapidan toʻxtatmoq.
Misollar
- Sochini yulmoq. Tovuq pashlarini yulmoq. Ortiqcha gʻoʻzalarni yulib taillamok,. m
- Ota.. semiz, boʻyab qoʻyganday qizil oʻtni yulib oldi. S. Anorboyev, Oqsoy.
- Oʻz yonida gʻumay yulayotgan Adolatning qoʻli qiyilib qonaganini koʻrgan Begimxon xaxo-lab kulib yubordi. I. Rahim, Chin muhabbat.
- Uka — jigar, tosh otay desa, jigarchilik, otmay desa, xon turipti; nihoyat, toʻnidan uvada yulib otibdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Bi-rovning betini yulmoq. sht -U-u harakat qildim, tepdim, urdim, yuldim, tirnadim — boʻlmadi, — dedi Hoji xola. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
- Sochin yoyib, betin yulib, yoʻl-ga kirdi chaqqon boʻlib. "Murodxon".
- Yulgʻich yulib toʻy-maydi. Maqol. ■■
- [Boy.] Nontepkilik qil-ma! Shu soqolim bilan yolgʻon gapiramanmi? Yulsam, senday gadodan yulamanmi? Hamza, Boy ila xizmatchi.
- Amaldorlar esa turli yoʻllar bilan kambagʻal xalqning bor-budini yulib olar edshshr. "OʻTA".
- Afsuski, fakt va dalillar, koʻpincha, umumiy kontekstdan yulib olib tahlil qilinadi. Gʻ. Salomov, Tarjima nazariyasiga kirish.
- Huri oʻz xayo-lidan oʻzi choʻchib, boshini yostiqdan yulib oldi. N. Fozilov, Diydor.
- Agar sizlar mana ilu yoʻl bilan butun bir mavsumda oʻn mehnat kuni-ni pilladan yulib, paxtaga bergani yordam qilsalaring ham harna. A. Qahhor, Kampir-lar sim qoqdi.
- Odamning gapini ogʻzidan yulib olmang, kishi gapini aytib boʻlguncha sabr qiling. N. Safarov, Olovli izlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0