Izohli lug‘at
yumalamoq
юмаламоқ
Ma’nolari
- Aylanib, gʻildirab ketmoq; dumalamoq.
- Yiqilmoq, qulamoq.
- Yerga qulagan, choʻzilgan, agʻnagan holda boʻlmoq.
- Toʻkilmoq, oqmoq (koʻz yoshi haqida).
- poet. Ogʻmoq, botishga yaqinlashmoq (quyosh haqida).
- Bir yumalab Hiyla-nayrang bilan tez amalga oshirilgan tadbir haqida.
Misollar
- Gʻoʻla yumalab ketdi. shsh Bir choyshab anor har tomonga yumalab ketdi, bir nechasi obrezga tushdi. A. Qahhor, Anor.
- Yusufjon hazil qilib, bolaning qoʻlidagi barabanini tushirib yuborgan edi, bola ham balandlikdan baraban bilan ketma-ket yumalab ketdi. T. Obidov, Yusufjon qiziq.
- ..yiqilganda to adirning etagigacha yumalab ketishiga koʻzi yetar edi. A. Qahhor, Maston.
- Biroʻq bilan dushman otdan yumaladi. n
- Jangchilarimiz uzoqda dam yumalab, dam turib qochayotgan fashistlarni oʻq bilan qulatib.. yugurishdi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Nihoyat, ikkovimiz baravariga pastga yumalab tushdik. M. Qo-riyev, Oydin kechalar.
- Jangchilarning koʻpi ovqat-lanishni ham unutib, qalin pichan ustiga yumalab, uxlab qolishdi. Oybek, Quyosh qo-raymas.
- Gʻulomjon oʻz yeriga qaytdi. Guvoh-lar biri qornini quchoqlab, ikkinchisi yer-da behush yumalab yotardi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Ayolning tosh qotgan koʻzlarini qaygʻu tesh-di. Yuzlaridan tomchshshr yumaladi. Oybek, Quyosh qoraymas.
- Quyosh yumalab ketdi futbol toʻpiday, Lolalarga koʻmildi ufq qopqasi. — Gʻ. Gʻulom.
- Kampir bir yumalab ilonga aylandi. "Ertaklar".
- ..bir yumalab ya na oʻsha doʻsti Otajonovning soyasi-da hozirgi ishlab turgan maktabiga direktor boʻlib tayinlandi. "Mushtum".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0