Izohli lug‘at
yummoq
юммоқ
Ma’nolari
- Koʻzni, ogʻizni va shu kabilarni qisib, siqib berkitmoq.
- Koʻz ochib yumguncha Bir lahzada, bir zum-da.
Misollar
- Ashula boishangan-da, domlalar koʻzlarini yumib, chayqala bosh-ladilar. T. Obidov, Yusufjon qiziq.
- Is-mat soqov ogʻzini yumganicha "xuvv" deb kul-di. S. Siyoyev, Yorugʻlik.
- "Isfandiyor xon boʻlibdi!" degan soʻzlar koʻz ochib yumguncha shaharga tarqaldi. J. Sharipov, Xorazm. Koʻz yummaslik Uxla-maslik.
- -Dahshat! — dedi mehmon, — tuni bilan koʻzimni yummay chiqdim. "Mushtum". Koʻz yummoq 1) bilib turib, oʻzini bil-maslikka solmoq; yashirmoq.
- Yangi yer ochish toʻgʻrisida muttasil kekirdak choʻzadigan oʻrtoqlar haqiqatdan koʻz yummoqdalar. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli; 2) olam-dan oʻtmoq, qazo qilmoq, oʻlmoq.
- Koshki edi soʻng qoʻlingda, Erkalanib bersam jon. Soʻng-gi nigoh senda qolsa, Men koʻz yumsam bear-mon. Zulfiya. Ogʻzingni yum Ogʻzingni ochma, gapirma, jim boʻl.
- Ogʻzingni yum, boʻlmasa, kekirdagingni uzib olaman. M. Qoriyev, Oy-din kechalar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0