Izohli lug‘at
yumshoq
юмшоқ
Ma’nolari
- Qoʻl tegsa botadigan, oson eziladigan; muloyim, mayin.
- Osonlikcha turli shaklga kiradigan, ishlov berilishi oson, boʻsh.
- Chaynalishi, yeyilishi oson; mayin, muloyim (ovqat haqida).
- Birovga qattiq gapirmaydigan, dagʻallik qilmaydigan; muloyim.
- Koʻngli yumshoq yoki yumshoq koʻngil Bi-rovning gapiga tez ishonadigan, tez koʻna-digan; koʻngilchan, rahmdil.
- Yoqimli taʼsirga ega; muloyim.
- Ozor yetkazmaydigan; yengil.
- Yumshoq supurgi q. supurgi.
Misollar
- Yumshoq yos-tiq. Yumshoq pat. Yumshoq xamir. yat Uy toʻrida, yumshoq koʻrpa ustida qargʻashoyi koʻylakli bir xotin.. yotar edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- U beixtiyor toʻshakday yumshoq maysazorga oʻtirib qoldi. S. Anorboyev, Oqsoy.
- Qor suviga toʻygan yer xamirdek yumshoq edi. S. Ahmad, Ufq.
- Normat Adolat-ning yumshoq qoʻli, nozik barmoqlarini kaf-ti bilan siladi. I. Rahim, Chin muhabbat.
- Yumshoq yogʻoch. Yumshoq metall. Yumshoq sim.
- Yumshoq shavla. n
- Mana, yigitcha, yumshoq non ham olib chiqdim. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Shu yigit menga uch haf-ta qaradi, bir burda non topsa, yumshoq joyini menga berib boqdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Munavvar "oʻta intelligent", yumshoq bir odamga da-gʻallik qilib, ozor berganiga oʻksindi. S. Anorboyev, Mehr.
- Kampir koʻpni koʻrgan, achchiq-chuchukni tatigan, yumshoqqina xotin edi. S. Ahmad, Ota.
- Tabiatan yumshoq, koʻngilchan odam, yolgʻiz farzandini urishishga tili bor-masdi. Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri.
- Ochsh qanchalik tez va koʻngli yumshoq boʻlsa, Mahkam shuncha-lik vazmin edi. P. Qodirov, Uch ildiz.
- Avji qish vaqti boʻlsa ham, yerda sira qor yoʻq, havo xuddi bahorday yumshoq edi. S. Zunnuno-va, Yangi direktor.
- Hozir uning horgʻin yuzidagi yumshoq jilmayish birdan soʻndi. A. Muxtor, Opa-singillar. -Biror soat ham uxlaganim yoʻq, —
- dedi-da, "sababini oʻzim ham bilmayman", degandek yumshoq kulib qoʻydi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Yumshoq jazo. ■■
- Quturmay ham nima qilsin, chay-qovchilikda ayblanganlarning ustidan sudlar shu qadar yumshoq hukm chiqaradiki, bilmay-san kishi: jazo berdimi, nasihat qildimi? — A. Qahhor — Ogʻaynilar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0