Izohli lug‘at
yurmoq
юрмоқ
Ma’nolari
- Qadam tashlab olgʻa bosmoq, qadamlab jilmoq.
- Maʼlum yoʻnalishda harakat qilmoq, bir joydan boshqa joyga jilmoq, bormoq yoki ketmoq (asosan transport vositasi haqida).
- Umuman, bir joydan jilmoq, siljimoq (suzmoq, sudralmoq, oʻrmalamoq va sh.k.).
- Kezish, aylanish, sayohat va shu kabilarda boʻlmoq.
- Hayot kechirmoq, yashamoq.
- Ish-faoliyat va shu kabilarda birga boʻlmoq.
- Qatnamoq.
- Davom etmoq (oʻzi birikib kelgan soʻz bildirgan holatda).
- Shaxmat, qarta, domino kabi oʻyinlarda oʻz navbatida, navbati kelganda harakat qilmoq, oʻynamoq; yurish qilmoq.
- Harakatga kelmoq, ishlab turmoq, ishlamoq (mexanizmlar haqida).
- Suygan yor bilan vaqt oʻtkazmoq, yaqin munosabatda boʻlmoq.
- Rozi boʻlmoq, koʻnmoq, unamoq.
- Yoyilib ketmoq, yoyilmoq; tarqalmoq (gap-soʻz, xabar haqida).
- -(i)b qoʻshimchali ravishdoshga birikib, harakatning davomiyligini bildiradi.
- (3-sh. shaklida - yur) Biror tomonga joʻnash, ketishga undashni bildiradi.
Misollar
- Tez yurmoq.
- Sekin yurmoq.
- Oqsab yurmoq.
- Ot yurmay turaverdi.
- Yurgan - daryo, oʻtirgan - boʻyra. — Maqol
- Kampir yurganda, hech qanaqa ovoz chiqmasdi.. Oyogʻi xuddi pardek yerga beozor tegardi. — Said Ahmad — Ota
- Men ana u soʻqmoqdan yursam ham boʻladi. — Abdulla Qahhor — Xotinlar
- Chol ot jilovini siltadi. Otlar yurib ketdi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Mashina chap tomonga yurdi.
- Traktor bedazorga qarab yurdi.
- Katta arava qay yoʻldan yursa, kichik arava ham shu yoʻldan yuradi. — Maqol
- Shaharda koʻnkani ilgari ot surgar edi. Mana endi koʻnka otsiz yuribdi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Poyezd bir necha soat yoʻl yurgandan keyin ana shunday bekatchalardan biriga kelib toʻxtadi. — Abdulla Qahhor — Oltin yulduz
- Hovuzchada oʻntacha baliq yuripti.
- Dasturxon ustida chumoli yuripti.
- Qurt novdadan yurib, gulga yetdi.
- Shaharma-shahar yurmoq.
- Eshikma-eshik yurmoq.
- Yoʻl bilmasang, yoʻl soʻragin yurgandan, Gap bilmasang, gap soʻragin bilgandan. — N. Nazarov — Zamon
- Andijonning suvin ichganmon, Sharbat desam, qilmayman xato. Paxtazorin kezganman rosa, Qirlarida yurganman hatto! — Yo. Mirzo
- Jiyanim uch yil biznikida yurdi. Ruslar orasida yurib, til oʻrgandim.
- Jamoa sizning bu yoqlarda yurganingizni hali bilmaydi [dedi Sharofat Sidiqjonga]. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- [Mirzakarimboy:] Yoshim yetmishda. Ellik yil mol qaygʻusida yurdim. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Men Toshkentda yurarman, ammo koʻz oʻngimda sizning haykalingiz! — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Yomon bilan yurdim - qoldim uyatga, Yaxshi bilan yurdim - yetdim murodga. — Maqol
- Nodon bilan yurma, nomusingni bukma. — Maqol
- Birga ishlaydi, birga yuradi, birga turadi; bir-biriga juda munosib. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Men dalada har kuni qizlar, kelinchaklar orasida yurardim. Yosh boʻlsam ham, sevganim bor edi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Markazdan qishlogʻimizga avtobus yuradi.
- Eson-omon yuribsizlarmi?
- Siz shu yoʻsinda yura bersangiz, erta-indin oʻgʻildan ajralasiz. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Maʼrifatxon voqeasini eshitganidan beri uning qabrini ziyorat qilish niyatida yurgan edi. — Abdulla Qahhor — Xotinlar
- Xomidning bunday ishlari bor ekanidan xabarsiz yurganimizga hayron qolaman. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Piyodadan yurmoq.
- Tuzni yurmoq.
- Soatim yaxshi yuryapti. Mashina kechgacha yurib turdi. shsh Ha, aytganday, bu orada.. "traktor choʻchqaning yogʻi bilan yurar emish", "goʻristondan tovush chiqipti", degan gaplar chiqib qoldi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- [Dilnavoz:] Oʻsha kuni Joʻraning yuradigan qizi Bibigul mening atlas koʻylagim bilan havorang durrachamni olgan edi. — Sa’dulla Karomatov — Bir tomchi qon
- Bilasiz-ku, ish koʻp. Har xil majlislar ham koʻp. Shular bilan yursam, u meni xotinlar bilan yurgan, dvb gumon qiladi. Oydin, Koʻngli toʻldimi, yaxshi yigit.
- Ayt, qachondan buyon yurding.. Tigʻi parronga uchragur! Yoʻlchi bilan qachon topishding? — Oybek — Tanlangan asarlar
- U birovning aytganiga yuradigan odammas.
- Toʻgʻri, ixtiyor oʻzlarida, lekin sizga maslahat soladilar, maslahatingizga yuradilar-da, yaxshi maslahat bersangiz, yurmaydilarmi? — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Oz boʻlsa ham, peshona terim bilan topaman, suqtoylik, moʻltonilikka sira yurmayman. — Oybek — Tanlangan asarlarYoʻliga yurmoq - birovning aytganini qilmoq, aytganini bajo keltirmoq.
- Nurmatjon, "Bu ochiq ayollardan chiqqan gap, qiz shularning yoʻliga yurgan boʻlsa, jazosini tortsin", deb joʻrttaga ikkinchi ogʻiz ochmadi. — Abdulla Qahhor — Qizlar
- Yomen boiatgan yoʻlga yurasan, yo joningdan umidingni uzasan. — Said Ahmad — Hukm
- El ogʻzida yurgan mish-mishlar. sht "Kechadan beri bir yarim mingi qirilgan!" degan xabar yurib ketdi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Tomosha qilib yurmoq. Nima qilib yuribsiz? Men oʻgʻlimni axtarib yuribman.
- Nizomiddinovning qoʻlidagi papirosidan sizib chiqayotgan tutun uy ichida halqa-halqa boʻlib suzib yuribdi. — Said Ahmad — Hukm
- Yur, kech qolamiz!
- Ha, barakalla, jumboq oʻsha yerda yechiladi, yuringlar! — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otgunchaBosh koʻtarib yurmoq - bosh.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0