Izohli lug‘at
yuvmoq
ювмоқ
Ma’nolari
- Suv (baʼzan spirt, kerosin va sh.k.) bilan ishqab toza qilmoq, kirini ketkazmoq.
- Kir yuvmoq Kir boʻlgan kiyim hamda dasturxon, sochiq, choyshab kabi roʻzgʻor buyumlarini kir ketkazuvchi vositalar (sovun va sh k.) bilan suvda ishqab tozala-moq.
- Oqizib olib ketmoq, oʻpirib yoki oʻyib ketmoq.
- q.x. Tuproq shoʻrini ketkazish maqsadida dalaga suv qoʻymoq; yaxob bermoq.
- Erishilgan gʻalaba, muvaffaqiyat yoki biror yaxshi narsaning qoʻlga kiriti-lishini ziyofat bilan nishonlamoq.
- Gunohini (yoki aybini, dogʻini va sh.k.) yuvmoq Ezgu ish, yaxshilik, ibratli xatti-harakat va sh.k. bilan oʻzini oqlamoq; gu-nohidan xoli boʻladigan ish qilmoq.
- yuvdi q. kiryuvdi. Qoʻlni yuvib, qoʻltiqqa ur-moq (yoki tiqmoq) Biror kimsa yoki narsa-dan koʻngli sovimoq, hafsalasi pir boʻlmoq.
Misollar
- Betni yuvmoq. Qoʻlni sovun bilan yuvmoq. Idishlarni yuvmoq. Yarani spirt bilan yuvmoq. Uzumni yuvib yemoq. n
- Toʻrtinchi kosani olib kirib ketgandan soʻng, Hayot qozonni yuvdi-yu, qopqogʻini yopib, kirib ketdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Bahor ariq boʻyiga oʻtirib, pomidor, bodring va piyoz yuvdi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin.
- [Era-li[ Otlarni.. yuvib, tarab, egarlab, yugan-lardi. "Erali va Sherali".
- [Oyimxon] Ochdan oʻlmaslik uchun erta-dan kechgacha kir yuvib, haqiga bir kosa kepak olib, non qilib yegan. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Yomgʻir devor suvoqlarini yuvib ketdi. v
- Suv nov ostini yuvib ketyapti. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli.
- Amu oqar qir-gʻoqni yuvib, Kunlar oʻtar kunlarni quvib. — Gʻayratiy.
- Shoʻr yerlar-ni qishda uch-toʻrt martalab yuvdik. n
- Bu yerni tekislashga ham, shoʻrini yuvishga ham zhtiyoj yoʻq. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli.
- -Ogʻay-nilar, endi.. kechirasizlar, — dedi Sangin plashining choʻntagidan yarimta aroq chiqa-rib, — bu kelganlaring hisob emas, kvar-tirani a/yuhida yuvamiz. A. Muxtor, Tugʻilish.
- Bobo amakim ham oltmish yillik toʻylari-ni qilib berishlari kerak. Pensiyani yuv-masalar boʻlmaydi. I. Rahim, Takdir.
- Max-dumning bu soʻzi yuqoridagi gunohini yuvgan-day boʻldi. A. Krdiriy, Mehrobdan chayon.
- Gulnor endi man tortmadi. Sof nomusiga otilgan qorani butunlai yuvib tashlashga jazm qildi. Oybek, Tanlangan asarlar. Kir
- Oftob oyim eridan ham qoʻlini yuvib, qoʻltigʻiga urgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0