Izohli lug‘at
zabun
забун
Ma’nolari
- Kuchsiz, nimjon, zaif.
- Nochor, ilojsiz.
- Mushkul, ogʻir, tang.
- Xor, ezilgan.
- Zabun boʻlmoq 1) yengilmoq, magʻlubiyat-ga uchramoq; zavolga yuz tutmoq.
Misollar
- Hatto erta-kech tanchaning bir tomonini band etishdan oʻzga ishga yaramagan zabun kampirlar ham.. bu "xontaxlit toʻy"ni tomosha qilishdan oʻzla-rini tiya olmadilar. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Mardlikni sevgan, magʻrur yigit oʻzini ojiz, zabun, ixtiyorsiz sezdi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Zolimlar qoʻlida zabundir holim, Bemahal yetishdi, qaytayin, oʻlim. — "Bahrom va Gulandom".
- Oʻtmishda zabun va maz-lum ahvolda boʻlgan oʻzbek xotin-qizlari jamiyatimizda hamma bilan teng qator-da munosib oʻrin egallaganligi quvonchli bir holdir. — Gazetadan.
- Avaz koʻpdan beri bu vah-shiy udumni oʻylab iztirob chekar, bu zabun, mehnatkash toʻda xususida bir sheʼr yozish-ni moʻljallab qoʻygan edi. — S. Siyoyev — Yorugʻ-lik.
- Xorazmiy-larning son jihatdan kam boʻlmasa-da, ra-qibidan xiyla zaif, tajribasiz qoʻshini, saflari siyraklasha borib, nihoyat zabun boʻldi. — S. Karomatov — Soʻnggi barxan.
- Turgan gap: u kishi amirlikning zabun boʻlib keti-shiga qarshi. — Sh. Xolmirzayev — Qil koʻprik; 2) ahvoli tang boʻlmoq, nochor ahvolga tu-shib qolmoq.
- Men uni koʻrmasam, yoʻqdir qaro-rim, Tura bersam, zabun boʻlar ahvolim. — "Bah-rom va Gulandom".
- Suyangan kishilarimiz bi-rin-ketin qoʻlga tushayotir, endi holimiz zabun boʻladi. — J. Sharipov — Xorazm.
Kelib chiqishi
\f. fjyi'j zabun notavon, zaif; magʻ-lub
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0