Izohli lug‘at
zamon
замон
Ma’nolari
- fls. Materiya (obʼyekt) holatlarining hamda ho-disa (jarayon)larning izchil almashinish shakli; davomlilik, takrorlanmaslik, qaytarilmaslik kabi umumiy xossalarga ega boʻlgan vaqt.
- Soʻz borayotgan payt; umuman vaqt, payt, davr, mahal.
- Ayni zamonda Shu bilan birga; bir payt-ning oʻzida.
- Biror muhim, oʻziga xos hodisa, tarixiy voqea roʻy bergan yoki biror shaxs, hokim tabaqa, sulola hukmronlik qilgan davrni qamrab olgan vaqt.
- Kutilgan payt, davru davron.
- tlsh. Maxsus shakllar yordamida hara-katning nutq paytiga munosabatini bildi-ruvchi feʼl kategoriyasi.
- Zamon (erkaklar ismi).
Misollar
- Hozirgi zamon. Zamon senga boqmasa, sen zamonga boq. — Maqol. ■■
- Hasa-nalining Otabeklar oilasida boʻlganiga el-lik yillar chamasi zamon oʻtib, endi Otabeklar oilasining chin bir aʼzosi boʻlib ket-gan. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Esini tani-ganidan boshlab onasi bilan kechirgan zamon-lar.. Yoʻlchining koʻz olidan bir-bir oʻtadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Mana, endi yangi davr, yangi zamon keldi. — K. Yashin — Hamza.
- Chol [Shokir ota\ zamondan koʻproq shikoyat qil-di. — Oybek — Tanlangan asarlar. Endi u za-monlar qamishkapaliklarga oʻtmish xotira-si boʻlib qoldi. P. Tursun, Oʻkituvchi.
- Ayni zamonda, ana shumilliy oʻziga xoslik konkret individual uslub bilan bogʻ-liq holda izoxrshnishi kerak. — "OʻTA". Bir zamon 1) bir vaqg, bir mahal; ancha vaqtdan keyin.
- Bir zamon choyxonachi keldi. S. — Siyoyev — Yorugʻlik; 2) oʻtmishda, ilgari; oʻtgan vaqt-larda.
- Bu keng koʻkrak bir zamon Qaqrab yotar-di. Vahshat azob, oʻlim, qon Toʻlib yotardi. — Gʻayratiy. Bir zamonlar ayn. bir zamon 2.
- Roʻzimboy bir zamonlar bu yogʻi Buxoro, bu yogʻi Koʻngʻirotu Marvgacha borib kurash tushgan. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- -Esingizdami, bir zamonlar hovlingizda bir yetimcha xizmatingizni qilar edi ? — dedi eshonga Elmurod. — P. Tursun — Oʻqi-tuvchi. Bobomning zamonida Uzoq oʻtmishda, qadimda, allaqachonlar. Oxir zamon Qiyo-mat yaqinlashgan vaqt.
- -Bilmadim, boʻyoqchining nili buzilganmi yo oxir zamon yaqinlashib, yaʼjuj-maʼjuj xuruj qilganmi ? — Sulton-bek atrofidagilarga koʻz yugurtdi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Shu zamon 1) hozirgi payt, hozirgi kun.
- Shu zamonning yoshlari; — 2) shu on — shu payt; darhol.
- Shitir etsa tushgan barg, Eshitilar shu zamon.. — Uygʻun. Hali zamon Hademay, tez fursatda.
- Serjant oʻshqi-rib: -Nima deysan? Yotib uxlasang-chi, hali zamon postga borasan, — dedi-da, oʻqishda davom etdi. — I. Rahim — Chin muhabbat. Har za-mon(da) Goho-goho, ahyon-ahyonda.
- Har zamon yaqin-yiroqdan gadoy tovushi eshitiladi. — A. Qahhor — Bemor.
- Har zamon-har zamon bu yoʻldan gʻuvillab, ogʻir yuk mashinalari oʻtib qolardi. — Gazetadan. Hech zamonda Hech bir vaqg, hech qachon; biron-bir vaqtda.
- Hech zamonda shun-day ishlar boʻlami, Odamzod naslidan dushman kelami. — "Murodxon".
- Tinchlik zamoni. Urush zamoni. Istiqlol zamoni. Amir zamoni. Temuriylar zamoni.
- Umrla-ring uzun boʻlsin. Zamonlaring kelibdi: oʻy-nanglar, kulinglar. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Oʻtgan zamon. Hozir-gi-kelasi zamon. Kelasi zamon sifatdoshi.
Kelib chiqishi
a. زَمَان - davr, vaqt
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0