Izohli lug‘at
zapas
запас
Ma’nolari
- Kelajakda foydalanish yoki biror maqsad uchun jamgʻarib, ajratib qoʻyilgan narsa; zaxira.
- Ehtiyot shart, zarurat uchun tayyorlan-gan kimsa yoki narsa.
- Qazilma boyliklarning yer ostidagi, hali foydalanilmagan miqsori. Neft za-paslari.
- Kishining maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi boyligi, bilim darajasi.
- s. t. Tikuvchilikda matoning kiyim choklari ostida ataylab, keyin qoʻshib yubo-rish uchun qoldiriladigan ortiqcha qismi.
- Zapasdagi ofitser Zarur vaqtda harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin boʻlgan, alo-hida roʻyxatda turgan ofitser.
Misollar
- Yoqilgʻi zapasi, n
- Vahobjon-ning juda jahli chiqib ketdi. Bu qanday gap! Zapas gʻildirak boʻlganda ham boshqa gap edi. — S. Ahmad — Togʻ afsonasi.
- [Tursunboy] Oziq-ovqat zapaslarini koʻzdan kechirdi. — Na-zarmat — Joʻrlar baland sayraydi.
- Uchuvchi-larda oʻn kunlik yonilgʻi zapasi bor edi. — Gazetadan.
- Mashinaning zapas qismlari. Zapas oʻyinchi. m
- Miltiq ovoz-lari xandaqlarning ichkarisidagi zapas pis-tirmalargacha yetib bordi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Soʻz zapasi. Bilim zapasi.
- Yengning zapasi.
- Yaqinda zapasdagi ofitserlar yigʻilishib, amalga oshiril-gan ishlarga yakun chiqarishdi. — Gazetadan.
Kelib chiqishi
r. zapasti — asramoq, avayla-moq
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0