Izohli lug‘at
zarb
зарб
Ma’nolari
- [a. — urish, kaltaklash
- turtki; koʻpaytirish] 1 Qattiq urilish; shiddatli, zalvarli turtki, zarba, kuch.
- Qattiq urish, kaltaklash, mushtlash.
- Biror narsaning ritmik harakati, bir tekisda urib turishi, tepishi.
- Zarb yemoq Qattiq urilish, turtki na-tijasida shikayet tortmoq.
- esk. matematikaga oid termin. Koʻpaytirish usuli, amali.
- mus. Cholgʻu asbobini chalganda kuch va ritm bilan torlarni chertish yoki doirani urish.
- Zarb etmoq (yoki qilmoq) 1) tanga-chaqa, pul, orden va shu kabilarni bosib chiqarmoq, chek-moq; 2) aks ettirmoq, aksini tushirmoq.
Misollar
- Eshikni zarb bilan yopmoq. sht Havo toʻlqini zarbidan daraxtlar egilar, shoxlari sinib tushardi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Biroq nav-karning oti sakrash zarbidan choʻchib, hurkib ketdi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Qilich zarbidan Xonzoda begimning boshidagi boʻrki uchib ketdi-yu, uzun sochlari yoyilib, yelkasiga tushdi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Kaltak zarbidan bola yuzini changallab qol-di. — Gazetadan.
- Tarro birinchi zarbdayoq yonbo-shiga agʻdarildi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Yurak-tomir zarbi. i" [Suv] Oʻz yoʻlida uchragan haybatli toshlarga zarb bilan urilib.. qirgʻoqqa halqa-halqa koʻpik sochmoqda. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmokdar.
- Yiqilib qattiq zarb yedim.
- Ikkini uchga zarb qilmoq. n
- Mexanizm ish unumini yuzga, mingga zarb urib yuboradi, de-gan gap rost ekan. — U. Sarimsoqov — Oltin kalit qoʻlimda.
- Dutorchining zarbi yaxshi. n
- Uspenskiy oʻzbek muzikasining tabiatini bilar, oʻz asarlarida uning ohang, zarb va pardala-rining oʻziga xos intonatsiya hamda ritmi-kasini saqlab qola olardi. — H. Nosirova — Men oʻzbek qiziman.
- Malika jang lavhalari zarb etilgan kumush qalqonni qoʻliga oldi. — M. Mahmudov — Mantu kuy izlab.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0