Izohli lug‘at
zarba
зарба
Ma’nolari
- Kuchli, shiddatli, zalvarli turtki, urilish; qattiq zarb.
- Yakson etuvchi, yoʻq qiluvchi, shikast-lovchi keskin harakat, shiddatli hujum.
- Zarba bermoq Shiddatli hujum bilan yakson qilmoq, yoʻq qilmoq; shikastlamoq; yomonlik qilmoq. Shimoliy Kavkazda —
Misollar
- Bokschining zarbasi. Hujumchining kuchli zarbasidan soʻng hisob ochildi. yash Yer bora-bora kuchga boʻysunadi. Yoʻlchining zarbasi ostida toʻnkalar yalangʻochlana, oʻzining qoʻpol, bahaybat gavdasini koʻrsata boshladi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Shiddatli zarbadan dushman talvasaga tu-shib qoldi. — Nazarmat — Joʻrlar baland say-raydi.
- Mirzo Ulugʻbek davom etdi: -Inshool-lo, paydar-pay zarba bilan dushmanni paro-kanda qilib, tor-mor etamiz. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Mol-gabek rayonida Nasrullayev qismi dushmanga qaqshatqich zarba berib, shuhrat qozondi. — T. Rustamov — Mantu jasorat.
- Shilin boshliq jangchilar suv bilan olishar, qirgʻoqqa chi-qib olib, dushmanga zarba berishga oshiqar edilar. — N. Safarov — Olovli izlar. Zarbaga uchramoq Qarshilikka duch kelmoq; tanqid-ga uchramoq, qattiq tanqid qilinmoq.
- Uning [Jamolovning] soʻnggi kitobi zarbaga uchra-di. — J. Abdullaxonov — Oriyat.
Kelib chiqishi
a. zarba urish, turtki, zarb
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0