Izohli lug‘at
zavq
завқ
Ma’nolari
- Kishiga lazzat bagʻishlovchi kayfiyat; shavq; xursandchilik.
- Huzur, nashʼa, gasht.
- Qiziqish, maroq, ishtiyoq; ruhiy koʻta-rinkilik.
- Zavqini keltirmoq Kayfiyatini yaxshi-lamoq, ruhini koʻtarmoq. Bahorda koʻm-koʻk maysa bilan qoplangan dalalar, kuzda oltin-rang boshoqlarning shovullashi kishining zav-qini keltirar edi. Gazetadan.
Misollar
- Kema suvning shiddatiga dosh berolmay, goh orqaga, goh oldinga chayqalar, bundan bolalarning zavqi oshardi. — M. Hazratqulov — Jurʼat.
- Alimar-don yana oʻsha tabassum bilan, yana oʻsha zavq bilan kuyladi. U. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Yashash zavqin bil-moq boʻlsang, Fan togʻiga intilgin. — Yo. Mir-zo.
- Samandarov zavq qilib kuldi va bolani qoʻlidan tortib olib, bagʻriga bosdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Maʼruzachi zavq bilan soʻzlamoq-da. n Yoʻlchi nayni labiga qoʻyib, butun zav-qi bilan chala ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Kelib chiqishi
a. jji — taʼm, maza; moyillik; zavqlanish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0