Izohli lug‘at
zindon
зиндон
Ma’nolari
- Amir va xonlar zamonida yer ostiga qurilgan zax va qorongʻi qamoqxona.
- Azob-uqubat makoni; azobxona, gʻurbatxona.
- Koʻcha xandon, uy zindon Koʻchada oʻynab-kulib yuruvchi, uyda gʻazabini sochuvchi odam haqida.
Misollar
- Zulm zindondan yomon. — Maqol..
- Mahbuslarga toʻlib zindonlar, Adolat deb toʻkildi qonlar. — E. Rahim — Yangi qadam.
- Xuroson olimlar uchun zindon [dedi Badia]. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Hech maslahat chiqmadi, Er va xotin bemador: Boʻlgan edi keng dunyo Bular uchun zindon, tor. — Gʻayratiy.
- Gulandom dutorni olib sozlarkan, dedi: Dutor boʻlmasa, bu zindonda yuragim yorilib ular edim. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- [Nafisa] Bunday qarasa, qizi Surayyoning tili "qaqa", "shokolad"ga kelib, pildirab yurib ham ketdiki.
- Aʼzam dimogʻidan tushmaydi, yuzingda kuzing bormi, demaydi. Kucha xandon, uy zindon. — Shuhrat — Jannat qidirganlar.
Kelib chiqishi
[ fors. – turma, qamoqxona; bandixona ]
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0