Izohli lug‘at
zino
зино
Ma’nolari
- . Nikohsiz, nosharʼiy jinsiy aloqada boʻlish; fahsh.
- . Gunoh, ayb. (umuman zino ishi bu gunoh, ayb va jinsiy aloqa bilan bogʻliq fahsh ishi ekani maʼnosida)
- Valadi zino valad 1.
Misollar
- Bir shaharda bir buzuq xotin bor ekan. Shu xotin qariganda, qiyomat vahmiga tushib, aʼlamning oldiga boribdi: Aʼlam pochcha, kishi zino qilsa nima boʻladi? — deb soʻrabdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Mana shu tabiati bilan u [Qosim yuvosh] xiyonat, zinoni bilmagan ibtidoiy davr odamlarini eslatardi. — Oʻ. Hakimali — Navbahor.
- Zinoga xattoki yaqinlashmang. — qurʼon 17:32 — (yaʼni yaqinlashish maʼnosida faqatgina jinsiy aloqa tomon joʻnab ketish emas, balki buzuq va uyatsiz narsalarga qarash, soʻylash yoki eshitishdan kishi oʻzini tiyishi va sh. k. odobdan tashqaridagi fahsh holatlarga yoʻl qoʻymaslik, yaqinlashmaslik maʼnosida.
Kelib chiqishi
arab. – bevafolik, buzuqlik; fohishalik
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0