Izohli lug‘at
zirqiramoq
зирқирамоқ
Ma’nolari
- Toʻxtovsiz ogʻrib tur-moq, zirq-zirq qilib qaqshab ogʻrimoq, sirqiramoq.
- Yuragi zirqiramoq Ruhan ezilmoq, qiy-nalmoq; yuragi zirq-zirq ogʻrimoq. Domla Shomurodov eshik yonidagi kresloga oʻtirdi, esiga negadir yana kampiri tushib, yuragi zir-qirab ketdi. O. Yoqubov, Diyonat.
Misollar
- Yigitali tanho yulduzga ti-kilganicha ancha yotdi. Oyogʻining zirqirashch sal bosildi. — T. Malik — Ajab dunyo.
- Oʻng qoʻlim-ni koʻtara olmayman. Zirqirab ogʻriydi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Bozorqul baʼzida chalopdan ichi quldurasa yoki kechasi suyaklari zirqira-sa ham choʻchib ketadi. — A. Muxtor — Chinor.
Kelib chiqishi
Altaycha сиркире degan so‘zla o‘zakdosh erur.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0