Izohli lug‘at
ziyo
зиё
Ma’nolari
- Yogʻdu, yorugʻlik, nur.
- Bilim, maʼrifat, ilm; ongni yorituvchi har qanday narsa.
- Ziyo (erkaklar ismi).
Misollar
- Qayerdandir otilgan mushak-ning koʻz qamashtiruvchi yorqin ziyosi tunni goʻyo kunduzga aylantirib yubordi. N. Safarov, Vodillik qahramon,
- Orombaxsh tong! Togʻ orqasidan koʻtarilayotgan quyoshning dastlab-ki zarrin ziyolari iliypon tepasidagi shox-lar, daraxtlarning uchlariga tushdi. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
- U[kitob] inson ongini peshlab, ziyo sari yoʻlini nurafshon qiluvchi mashʼal ekanligi azaldan maʼlum. — Gazetadan.
- [Guli:] Gʻazal ermas, bu bir mehri giyodur, Munavvar aylagan dilni ziyodur. — Uy-gʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy.
- Gap odam-larning nomida emas, albatta. Gap respub-likada ziyo tarqatib kelayotgan muhtaram oʻqituvchilarimiz, ularning beminnat, lekin mashaqqatli mehnatidadir. — N. Safarov — Olovli izlar.
Kelib chiqishi
\a. o L-ub — nur; yiltirash
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0