Izohli lug‘at
ziyorat
зиёрат
Ma’nolari
- Muqaddas joylarga, mozor va qabristonlarga borib sigʻinish.
- Hurmat yoki rasmiyat yuzasidan keksa, tabarruk kishilar, hurmatli zotlar huzuriga tashrif buyurib, ularning holidan xabar olish, ularni muborakbod qilish.
- Ham ziyorat – ham tijorat Safar bahonasida boshqa ishni bitirib kelish.
Misollar
- Shuning uchun chinorning ziyoratiga atrof-tevarakdan har yili tumonat odam kelib ketadi. — A. Muxtor — Chinor.
- Alloh bilan koʻrishishni umid qilganlar solih amallar qilsinlar, hamda Allohdan boshqa hech kimga sigʻinmasinlar.. — Qurʼon 18:110 —
- Otomni ziyorat etgali kelib edim, — dedi Amatjon. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Mirzo Anvar inimga xudo martaba ato qilgan emish deb eshitdim, — dedi Safar boʻzchi, — pirimni ziyorat qilay, deb kelyapman. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Eshon soʻzini tamom qilgach, mulla Muhammad Salim unga: Demak, sizning safaringiz ham ziyorat, ham tijorat ekanda dedi. — S. Ayniy — Doxunda.
Kelib chiqishi
arab. – tashrif, tabarruk joylarga safar qilish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0