Izohli lug‘at
zohir
зоҳир
Ma’nolari
- . Sirt, sirtqi tomon, tashqi koʻrinish.
- . Ochiq-oydin, ravshan.
- Zohir boʻlmoq Paydo boʻlmoq, koʻrinmoq.
- . Zohir (erkaklar ismi)
Misollar
- Zohirda erki oʻzida boʻlib koʻringan zahmat ahlining aslida oyoq-qoʻllarida ogʻir kishan, til-jagʻlari bogʻlab tashlangan edi. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Zohir boʻlmoq. Zohir qilmoq.
- Zainabning koʻz harakatida ham bir besaranjomlik zohir edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Shayxning nigohida sovuq qahr, lablarida kinoyali tabassum zohir boʻldi. — O. Yoqubov — Qoʻhna dunyo.
Kelib chiqishi
arab. – aniq, ravshan; tashqi koʻrinish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0